Qo‘shma Shtatlar Ukraina 27 noyabr Shukronalik kuniga qadar Vashington taklif qilgan "tinchlik rejasi"ni imzolashini istaydi, deb yozadi Financial Times 20 noyabr, payshanba kuni Ukraina rasmiylariga tayanib.
FT’ning ukrainalik suhbatdoshlari Kiyevga mamlakat "tinchlik rejasi"ga tezroq rozi bo‘lishi uchun kuchli bosim o‘tkazilayotganini aytdi. Ismi oshkor etilmagan amaldor va FT’ning boshqa xabardor manbasi vaziyatni 2025 yil bahorida foydali qazilmalarni qazib olish huquqi to‘g‘risidagi bitimni imzolashdan oldin Ukrainaga bo‘lgan bosim bilan taqqosladi.