Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Amerika ovozi’ jurnalistlari Trampni sudga berdi – so‘z erkinligi tahdid ostidami?

Amerika ovozi’ jurnalistlari Trampni sudga berdi – so‘z erkinligi tahdid ostidami?

"Amerika ovozi" jurnalistlari Trampga qarshi sud da’vosi qo‘zg‘atdi.

"Amerika ovozi" jurnalistlari va ularning kasaba uyushmalari AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga qarshi sud da’vosi qo‘zg‘atib, AQSh tomonidan moliyalashtiriladigan axborot agentliklarining yopilishi xodimlarning so‘z erkinligi huquqini buzayotganini ta’kidladilar. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

O‘tgan hafta Amerikaning "Amerika ovozi" xalqaro teleradiokompaniyasi ko‘plab xodimlarining "ma’muriy" ta’tilga chiqarilgani ma’lum qilingan edi. Bu esa teleradiokompaniya faoliyatining amalda to‘xtatilganini anglatishi mumkin.

Jurnalistlarning Nyu-York federal sudiga topshirgan shikoyatiga ko‘ra, bu harakatlar AQSh Konstitusiyasiga kiritilgan birinchi tuzatishni hamda Kongress "Amerika ovozi"ga vakolat bergan va moliyalashtirgan qonunlarni buzmoqda.

Da’vogarlar suddan "Amerika ovozi", "Ozod Yevropa radiosi", "Ozodlik radiosi" va "Ozod Osiyo radiosi"ni moliyalashtiruvchi AQSh Global media agentligini yopish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishni talab qilmoqdalar.

Agentlikning yopilishi prezident Donald Tramp va milliarder Ilon Maskning federal hukumatni qisqartirish bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniyasining bir qismi hisoblanadi. Ularning ta’kidlashicha, federal hukumat amerikalik soliq to‘lovchilarning mablag‘larini AQSh manfaatlariga mos kelmaydigan maqsadlarga sarflayotgan ekan.

Kiritildi: 21:59 22.03.2025. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!