Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Amerika narkokartellarga qarshi urush e’lon qildi

Amerika narkokartellarga qarshi urush e’lon qildi

Donald Tramp ma’muriyati Meksikadagi narkokartellarga dronlar yordamida zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

NBC News’ning manbalarga ko‘ra xabar berishicha, qo‘shni davlat hududida faoliyat yuritayotgan jinoiy guruhlarning bazalari va omborlari nishonga olinmoqda

Telekanal ma’lumotlariga asosan, Oq uy, Pentagon va Amerika razvedkasi rejalashtirish bosqichining boshida turibdi. Operasiyani Meksika bilan hamkorlikda o‘tkazish ustuvor yo‘nalish hisoblanadi, chunki havo hujumlari Meksika hukumatining roziligini talab etadi. Biroq, diplomatik inqirozga olib kelishi mumkin bo‘lgan bir tomonlama harakatlar varianti ham muhokama qilinmoqda

Manbalarga ko‘ra, Amerika ma’muriyatida bu masalada yagona fikr yo‘q. Ko‘pchilik Meksika bilan kelishilmagan zarbalar ikki tomonlama munosabatlarni izdan chiqarishi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashda hamkorlikni xavf ostiga qo‘yishi mumkin deb hisoblaydi

Kiritildi: 21:22 08.04.2025. O'qildi: 1568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!