Amazon xavfsizlik uchun robot-qo‘riqchini taqdim qildi. U mustaqil ravishda yoki masofadan boshqarish pulti yordamida harakatlanishi mumkin. Qurilmaning narxi $2349 ni tashkil etadi. “Amazon” kompaniyasi amerikalik mijozlar uchun “Astro for Business” robotini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “The Verge” nashri. Bu haqda “Spot” yozmoqda.
U mustaqil ravishda yoki masofadan boshqarish pulti yordamida harakatlanishi mumkin, shuningdek, displey va tungi ko‘rinishga ega HD kamera bilan jihozlangan.
Qurilmaning narxi $2349,99ni tashkil etadi. Shu bilan birga, kompaniya qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘lgan uch turdagi obunani taklif qiladi.
Oyiga $60 evaziga “Astro Secure” obunasi robotga avtonom yoki foydalanuvchi tanlagan marshrutlar bo‘ylab harakatlanishi va xonada faollashtirilgan harakat sensorlaridan ma’lumot olish imkonini beradi.
Oyiga $20 evaziga “Ring Protect Pro” xizmati qurilmadagi yozuvlarni 180 kun davomida saqlash imkonini beradi.
Oyiga $99 Virtual Security Guard darajasi robotga bosqinchilar, tovushlar yoki boshqa shubhali harakatlarni aniqlaganda bildirishnoma yuborish imkonini beradi.Undan foydalanish uchun Ring Protect Pro va Astro Secure obunalari ham bo‘lishi kerak.