Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Amazon bosh direktori Jeff Bezos 3,1 milliard dollarga kompaniya aksiyalarini sotdi

Amazon bosh direktori Jeff Bezos 3,1 milliard dollarga kompaniya aksiyalarini sotdi

“Amazon.com Inc.”  rahbari Jeff Bezos kompaniyaning 1 million aksiyalarini 3,1 milliard dollardan ko‘proqqa sotib yubordi.

Bu haqda kompaniya tomonidan Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasiga yuborilgan hujjatlarda ma’lum qilindi.

Avvalroq, yil boshida Bezosning 4,1 milliard dollarga Amazon aksiyalarini sotganligi haqida xabar berilgan edi.

Bloomberg Billionaires indeksi ma’lumotlariga ko‘ra, Amazon aksiyalari koronavirus pandemiyasi davrida onlayn chakana savdo xizmatlariga talab ortib borayotgan bir paytda 73 foizga oshganligi bois Bezosning boyligi bu yil 74,9 milliard dollarga o‘sib, 189,8 milliard dollarni tashkil qilgan.

Hozirda Amazon rahbari kompaniyaning 54 milliondan ortiq aktsiyalariga egalik qiladi.

 

 

 

 

Kiritildi: 21:12 07.08.2020. O'qildi: 2922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!