6 fevral kuni Alyaska osmonida radarlardan g‘oyib bo‘lgan Bering Air samolyoti bortidagi 10 kishining barchasi halok bo‘ldi.
Bu haqda Associated Press agentligi AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga tayanib xabar berdi.
Hodisa sabablari hozircha ma’lum qilinmagan. Unalaklitdan Nomga uchayotgan samolyot bortida to‘qqiz nafar yo‘lovchi va bir nafar uchuvchi bo‘lgan.
Amerikaning NBC telekompaniyasi, o‘z navbatida, vayronalar Nome shahridan 34 milya (54,7 km) janubi-sharqda topilganini aniqladi.
Bu AQShda ikki haftadan kamroq vaqt ichida uchinchi jiddiy aviahalokatdir. 29 yanvar kuni Ronald Reygan Vashington xalqaro aeroporti yaqinida American Airlines yo‘lovchi samolyoti va Black Hawk harbiy vertolyoti osmonda to‘qnashib ketdi. 67 kishi halok bo‘ldi. 31 yanvar kuni Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida tibbiy Learjet 55 samolyoti halokatga uchradi, halokat kamida yetti kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 19 kishi kasalxonaga yotqizildi.