Aksariyat hollarda demensiyaga olib keladigan Alsgeymer kasalligi ko‘pincha keksa odamlarda uchraydi. Biroq, u yoshlarda ham rivojlanishi mumkin.
Britaniya Alsgeymer jamiyati mutaxassislari Jeyms Uayt va Tim Binland mazkur kasallik qanday alomatlar orqali namoyon bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
Ularning fikricha, g‘alati xulq-atvor va kayfiyatdagi muammolar uning dastlabki belgilaridir. Ular ko‘pincha stress, oiladagi yoki ishdagi muammolar bilan bog‘liq. Shuningdek, yoshlardagi ko‘rish va nutq muammolari, qadam tashlashdagi o‘zgarishlar mazkur kasallik alomatlaridir, deb xabar beradi mir24.tv.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Alsgeymer kasalligini davolab bo‘lmaydi, ammo erta tashxis qo‘yish uning rivojlanish sur’atini kamaytirishga yordam beradi.