Shveysariyada Alp tog‘laridan ajralib chiqqan yirik hajmdagi muz bo‘lagi Blatten qishlog‘ini deyarli vayron qilgan.
Hukumat bayonotiga ko‘ra, muzlik Lonza daryosi yaqinidagi tubni ham to‘ldirgan.
«Ayni damda qishloqning 90 foizga yaqini suv ostida qolgan yoki vayron bo‘lgan. Blattenda katta falokat yuz berdi», – deydi janubiy Uollis mintaqasi rasmiysi.
Qishloqning katta qismi muz, loy va toshlar oqimidan zarar ko‘rgan. May oyi boshida qishloq ko‘chki xavfi ostida evakuasiya qilingan bo‘lgan.