Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: “Hazrati Muftiy Muhammad Shafi’ Sohib aytar edilarki, Alloh ta’olo Muso va Horun alayhimassalomni Fir’avnning islohi uchun yubordi. Fir’avn o‘zi kim edi? Xudolik da’vogari edi... U: “...Men sizlarning eng oliy Robbingizman” (Nazi’at, 24) degan edi...
Demak, u Fir’avn eng yomon kofir edi. Lekin u ikki payg‘ambar Fir’avnning oldiga ketayotganida, Alloh ta’olo: “Bas, unga yumshoq so‘z aytinglar. Shoyadki, eslasa yoki qo‘rqsa...” (Toha, 44) dedi.
Bu voqeani so‘zlab bergandan keyin, padari buzrukvorim aytdilarki, bugun siz Muso alayhissalomdan ko‘ra ulkanroq isloh qiluvchi bo‘la olmaysiz va sizning qarshingizdagi Fir’avndan ko‘ra johilroq bo‘la olmaydi...
Xoh u o‘ta fosiq va fojir yoki mushrik bo‘lsin. Chunki, Fir’avn xudolik da’vogari edi. Shunga qaramay Muso alayhissalom va Horun alayhissalomga aytmoqdaki, Fir’avn oldiga borganingizda biroz yumshoqlik ila gapiring, qo‘pollik ila aslo gapirmang. U orqali biz uchun qiyomatgacha bu payg‘ambarona uslubni ta’yin qilib qo‘ydiki, qachon bo‘lsa ham biror kimsaga dinni gapirsangiz, u holda muloyimlik ila gapiring, qo‘pollik ila gapirmang”.
"Aslaaf ki baahmi muhabbat ke heyrat angez vaaqeeaat" kitobidan. 292-bet