Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Allergik kasalliklari bor bemorlarga qanday gilamlardan foydalanish tavsiya etiladi?

Allergik kasalliklari bor bemorlarga qanday gilamlardan foydalanish tavsiya etiladi?

Bronxial astma, allergik rinit, atopik dermatit… Bu kasalliklardan aziyat chekuvchilar uy changidan saqlanishlari kerak.

❗️Biroq xonadonlardagi qator buyumlar, jumladan, gilam va boshqa to‘shamalar bunday allergenlarning to‘planishi uchun qulay muhit hisoblanadi.

Xo‘sh, allergik xastaliklari bor bemorlar uchun qanday gilamlardan foydalanish tavsiya etiladi?

— Bugungi kunda gilamlar poliester va neylon kabi sintetik tolalardan tayyorlanmoqda, — deydi Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikova. — Ular namlikni o‘ziga yaxshi singdirmaydi va uzoq vaqt saqlamaydi.

🧶 Shu tufayli notabiiy tolali gilamlar ustida mog‘or paydo bo‘lmaydi va chang tez quriydi. Allergenlar esa bunday muhitda o‘zini noqulay “his qiladi”.

🪢 Shu bois bemorlarimizga bunday gilamlardan voz kechishni tavsiya qilamiz. Chunki tolalar qancha qisqa bo‘lsa, undagi allergenlar miqdori shuncha oz bo‘ladi.

🧴Shuni ham unutmaslik kerak: ko‘pincha dezinfeksiyalash uchun turli kimyoviy moddalar, xususan, formaldegid va benzol kabi uchuvchi organik birikmalar bilan gilamlarga ishlov beriladi.

📌 Vaholanki, gilam tarkibida uchuvchi organik birikmalar kam bo‘lishi zarur. Chunki formaldegid allergik kontakt dermatitga, shuningdek, ko‘zlarning qichishishiga olib kelishi mumkin.

🔎 Bundan tashqari, mazkur moddalar havoga ko‘tarilib, allergik kasalliklar kuchayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, kanop yoki paxta kabi tabiiy tolalardan tayyorlangan gilamlar ham tavsiya etiladi.

‼️Muhimi, qaysi turdagi mahsulot tanlansa ham, uni doimo allergenlardan toza holda saqlash muhim. Yangi avlod HEPA-filtrli changyutgichlar, gilam uchun maxsus gipoallergen shampunlar bu borada sizga yordam beradi!

Kiritildi: 17:58 29.03.2023. O'qildi: 1268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!