Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Alisher Usmonovning rafiqasi: "Qarshi chiqqanlardan minnatdorman"

A A A
Alisher Usmonovning rafiqasi: "Qarshi chiqqanlardan minnatdorman"

Butunrossiya badiiy gimnastika federasiyasi (BBGF) prezidenti Irina Viner-Usmonova rossiyalik sportchilarni xalqaro musobaqalardan chetlashtirishga qarshi chiqqan Jahon olimpiyachilar assosiasiyasi (JOA) bayonoti haqida gapirdi.

“Men juda xursandman va sportchilarimizni musobaqadan chetlashtirishga qarshi chiqqanlardan minnatdorman. Lekin bu men uchun yangilik emas. Ishonchim komilki, butun dunyo Rossiyaning chiqishlarini xohlaydi!” — dedi Viner-Usmonova.

Uning ta’kidlashicha, rossiyalik sportchilar dam olmasliklari va mashg‘ulotlarni davom ettirishlari kerak, shuningdek, jahon miqyosida o‘zlarining musobaqalarini o‘tkazishlari lozim.

“Rossiya nihoyatda ulkan davlat. Bu yerda juda ko‘p ajoyib sportchilar bor, ular barcha musobaqalarda qatnasha olishlarini kutmoqdalar va umid qilmoqdalar”, dedi Usmonova.

Kiritildi: 00:00 08.04.2022. O'qildi: 9911 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!