Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova vafot etgan akasining orzusini davom ettirishini aytdi

A A A
Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova vafot etgan akasining orzusini davom ettirishini aytdi

Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova «Tabloid»ga bergan intervyusida nega aynan restoran biznesi kabi qiyin yo‘nalishni tanlaganini aytib berdi.

Qayd etilishicha, Ganya Usmonova restoran ochish 2013 yilda yo‘l transport hodisasiga uchrab vafot etgan akasi Bobur Usmonovnining azaliy orzusi ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, Ganya o‘zining intervyusida marhum akasining orzusini davom ettirayotganini aytgan. Ganya restoran ishi hozirgi kunda murakkab ishlardan biri ekanini aytib, Toshkent shahrida ikkita gruzincha ovqat qiladigan restorani borligini ma’lum qilgan.

«Dastlab biz kichkina va ixcham joyni rejalashtirgandik, ammo joyni tanlaganimizda ushbu hudud restoran qurish uchun juda katta ekani ma’lum bo‘ldi. Biz shahar aholisiga qanday oziq-ovqat mahsulotlari zarurligini o‘rgandik. Menimcha, siz oddiygina dam olishingiz mumkin bo‘lgan, baland ovozda musiqa eshitilmaydigan, chekish taqiqlangan oilaviy restoranlar Toshkentda juda kam. Agar mavzu va konseptual jihatdan qarasangiz, mening restoranimda raqobat yo‘q, chunki Toshkentda gruzin oshxonasidan atigi ikkita bor», — deydi Ganya o‘zining intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, Alisher Usmonovning jiyani 30 yoshli Bobur Usmonov Shveysariyada yashab kelgan. U 2013 yilning 8 may kuni yaqinlaridan birining nikoh marosimida ishtirok etish uchun Toshkentga kelayotgan payt yo‘l transport hodisasiga uchrab vafot etgan. Shuningdek, Alisher Usmonovning asosiy merosxo‘ri sifatida ko‘riladigan Bobur 2009 yil mayida Shavkat Mirziyoyevning jiyaniga uylangani xabar qilingan.

Kiritildi: 18:25 07.12.2020. O'qildi: 12015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!