Poytaxtimizdagi "Intercontinental" mehmonxonasida Xalqaro qilichbozlik federasiyasining navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli kongressda dunyoning 137 ta davlatidan 280 nafar mutaxassislar, Sport vaziri Adkham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Qo‘mita bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etmoqda.
Kongress kun tartibidagi asosiy voqelik Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidentini saylash edi. Tashkilot rahbarligi rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov hamda Shvesiya qilichbozlik federasiyasi raisi Otto Drakenberg nomzod edi.
Yakunda Usmonov 120 ta ovoz bilan federasiya prezidentligiga saylandi. Drakenberg esa 26 ta ovoz to‘pladi.
Ma’lumot o‘rnida, asli o‘zbekistonlik Alisher Usmonov 2008-2022 yillar davomida Xalqaro qilichbozlik federasiyasini boshqargan.
So‘nggi 2 yilda tashkilotga gresiyalik Manolis Kasiadakis rahbarlik qildi.