Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Alisher Usmonov ARD telekanaliga qarshi sudda g‘alaba qozondi

Alisher Usmonov ARD telekanaliga qarshi sudda g‘alaba qozondi

Germaniyaning ARD telekanali Alisher Usmonov va Xalqaro qilichbozlik federasiyasini (FIE) sudyalarga pora berish tizimini ishlab chiqqanlikda ayblagan.

Gamburg viloyat sudi esa ARD tomonidan berilgan ayblovni ishonchsiz deb topdi va bu ma’lumotlarni “shubhaga asoslangan nomaqbul xabarlar” sifatida ko‘rib, tarqatishni taqiqladi. Yolg‘on axborotining har bir epizodi uchun 250 ming yevrogacha jarima yoki qamoq jazosi berilishi ma’lum qilindi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2022—2024 yillarda Yevropaning bir qator, birinchi navbatda, Germaniya OAV va jamoat arboblari Usmonovga nisbatan qo‘yilgan ayblarni isbotlay olmaganliklarini tan olishgan va yolg‘on xabarlar tarqatilishini to‘xtatish bo‘yicha yozma majburiyatlarni imzolashgan.

Shuningdek, 2024 yilning yanvarida Amerikaning Forbes jurnaliga nisbatan ham Usmonovga qilingan gumonlarni taqiqlash to‘g‘risidagi sud qarori qabul qilingan.

Avvalroq Alisher Usmonovning qariyb 50 million dollar aktivlari musodara qilingani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 22:05 01.10.2024. O'qildi: 1367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!