Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Alisher Qodirov: "Ukrainadagi inqiroz bo‘yicha bildirilgan O‘zbekiston pozisiyasini to‘g‘ri deb hisoblaymiz"

A A A
Alisher Qodirov: "Ukrainadagi inqiroz bo‘yicha bildirilgan O‘zbekiston pozisiyasini to‘g‘ri deb hisoblaymiz"

Milliy Tiklanish demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Ukrainada bo‘lib o‘tayotgan jarayonlarga munosabat bildirdi:

«Vataniga bostirib kelganga qarshi kurashish, har qanday sharoitda ham to‘g‘ri! Birovning vataniga bostirib borish, sababi nima bo‘lishidan qat’iy nazar noto‘g‘ri!

O‘zbek xalqi asrlar davomida orttirgan davlatchilik tajribasi asosida doimo vazmin xulosalar, pragmatik muzokaralar tarafdori bo‘lgan va tinchlikni qadrlagan.

Ukrainadagi inqiroz bo‘yicha bildirilgan O‘zbekiston pozisiyasini to‘g‘ri deb hisoblaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. Do‘st ukrain va rus xalqlari boshidagi qonli qora bulutlarni tezroq bartaraf bo‘lishidan umidvormiz. Jonajon O‘zbekistonimiz tinch bo‘lsin!».

Kiritildi: 20:05 27.02.2022. O'qildi: 3957 marta. Fikrlar soni: 30 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!