Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Alisher Qodirov: "Qozog‘istondagi tartibsizliklar — pastkashlarning rejalaridir"

A A A
Alisher Qodirov: "Qozog‘istondagi tartibsizliklar — pastkashlarning rejalaridir"

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi Alisher Qodirov Qozog‘istondagi voqealar haqida fikr bildirdi.

"Qozog‘istondagi tartibsizliklar - g‘arazli siyosiy maqsadlariga erishish uchun ko‘zini yummasdan zahmatkash halqni qurbon qila oladigan pastkashlarning rejalari ekanligiga shubha yo‘q.

Afsuski, bunday manfur rejalarga o‘yinchoq bo‘ladigan qaynoq boshlar doimo topiladi va odatda asl tashkilotchilar chetda qolib, shundaylar oyoq ostida xor bo‘ladilar.

Yana bir bor isbotlangan haqiqat shuki, odamlarni o‘ylantirayotgan, yechimlari vaqt talab qiladigan og‘ir muammolar taloto‘plar boshlanishi bilan unutiladi va yashirin maqsadlar oshkor bo‘ladi.

Ishonchim komil, taraqqiyotning ajralmas sharti tinchlik va barqarorlik ekanligini qozoq qardoshlarimiz juda yahshi tushunadilar hamda bu sinovli kunlarni mustahkam iroda bilan yengib o‘tadilar".

Kiritildi: 13:50 07.01.2022. O'qildi: 3573 marta. Fikrlar soni: 41 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!