Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Alisher Qodirov OTMlarda darslarni soat 10:00dan boshlash taklifi bilan chiqdi

A A A
Alisher Qodirov OTMlarda darslarni soat 10:00dan boshlash taklifi bilan chiqdi

Alisher Qodirov OTMlarda darslarni soat 10:00dan boshlash taklifi bilan chiqdi. U bu tartib bilan katta shaharlardagi tirbandliklarni kamaytirish mumkinligiga ishonadi.

“Milliy tiklanish” lideri Prezident rahbarligida o‘tkazilgan yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etganini, shahar tirbandligini kamaytirishda o‘zida ham ayrim takliflar borligini qayd etadi.

“Jamoat transporti tizimli va sifatli bo‘lsa, aholi xususiy avtomobildan kam foydalanadi. Kuzatiladigan tirbandliklarda jamoat transportining tizimsiz va sifatsizligi katta o‘rin tutadi.

Tirbandlikni keltirib chiqarayotgan oqimning katta qismi talabalar. Tirbandlik ertalab o‘qishga kelish va qaytish vaqtiga to‘g‘ri kelayapdi.

Nima uchun davlat xizmatida ish boshlash vaqtini 8:30, oliygohlarda o‘qish boshlash vaqtini 10:00 ga belgilash mumkin emas? Osmon uzilib yerga tushmaydi, lekin jamoat transportiga ham, avtoyo‘llarga ham bosim jiddiy kamayadi”, – deydi Qodirov.

U, shuningdek, avtobuslarga pul to‘plash rejasi qo‘yilishini ham tanqid ostiga oladi.

“Avtobusga qanday qilib kunlik reja qo‘yish mumkin? U yo‘lovchi terib yurishi emas, belgilangan vaqtda, belgilangan joyda bo‘lishi kerak! Hatto, yo‘lovchisi bo‘lmasa ham!

Avtobus harakati uchun alohida, ajratib qo‘yilgan yo‘l bo‘lishi avtobusni aniq grafik asosida harakatini ta’minlaydi. Menimcha bu tramvay uchun qayta tizim yaratishdan arzonroqqa tushadi”, – deydi u.

Qodirov jamoat transportini jozibali va qulay qilish ham avtomashina oqimini kamaytirish, yo‘llardagi fojealar oldini olishga xizmat qilishini ta’kidlaydi.

Kiritildi: 13:49 12.02.2022. O'qildi: 5214 marta. Fikrlar soni: 23 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!