Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Aliyev va Pashinyan o‘rtasidagi muloqotga Kremlning munosabati

Aliyev va Pashinyan o‘rtasidagi muloqotga Kremlning munosabati

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning “Autreach/BRICS+” formatidagi uchrashuvdagi suhbati umumiy muhokamaga xalaqit bermadi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

TASS muxbiri savoliga javob berar ekan, Peskov xalqaro uchrashuvlardan har doim ikki tomonlama aloqalar uchun foydalanilishini ta’kidladi.

"Yo‘q. Xalaqit bermadi. Bu keng tarqalgan amaliyot. Davlat rahbarlari ikki tomonlama aloqalar uchun ko‘p tomonlama formatlardan foydalanadilar”, — dedi Kreml vakili.

Kiritildi: Bugun 17:12. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!