Evropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Belarusdagi prezidentlik saylovini "demokratiyaga qarshi ochiqchasiga haqorat" deb atadi.
"Aleksandr Lukashenko 30 yildan beri hokimiyatga yopishib olgan. Navbatdagi soxta saylovdan keyin Lukashenko yana o‘zini Belarus prezidenti deb e’lon qiladi, lekin u legitimlikka ega emas", — deb yozdi Kallas X ijtimoiy tarmog‘idagi postida.
Eslatib o‘tamiz, bugun Belarusda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Unda yettinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘ygan Aleksandr Lukashenkodan tashqari yana to‘rt nafar nomzod ishtirok etmoqda. Ularning uch nafari amaldagi hukumatni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlaydi. To‘rtinchi nomzod, Anna Kanopaskaya esa mamlakatda "qonsiz, madaniy va demokratik hokimiyat almashinuvi" tarafdori ekanligini bildirgan. Biroq saylovdagi soxtalashtirishlar va repressiyalar haqida gapirmaydi.