Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Albaniyada bir palatali parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda — DW

Albaniyada bir palatali parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda — DW

Ushbu saylovlar Bolqon davlatining Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim sinov sifatida qaraladi. Saylovoldi so‘rovnomalariga ko‘ra, favorit sifatida 49 foiz ovoz bilan Sosialistik partiya ko‘rilmoqda.

Uning yetakchisi, amaldagi hukumat rahbari Edi Rama qayta saylanishiga umid qilmoqda. 2013 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan 60 yoshli siyosatchi mamlakatni 2030 yilgacha Yevropa Ittifoqiga qo‘shish bo‘yicha harakatlarni davom ettirish niyatida ekanini e’lon qilgan.

Ramaning asosiy raqibi — Albaniyaning sobiq prezidenti va sobiq bosh vaziri, Demokratik partiya yetakchisi Sali Berisha. U 12 yillik muxolifatdagi faoliyatidan so‘ng hokimiyatga qaytishga intilmoqda. 80 yoshli konservator “Buyuk Albaniya” shiori bilan saylovlarda ishtirok etayotgan muxolifat ittifoqiga rahbarlik qilmoqda. Bu shior ko‘p jihatdan Trampning saylovoldi kampaniyasini eslatadi. Mamlakatdagi dastlabki so‘rovnomalar ushbu partiyani taxminan 35 foiz albanlar qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatdi.

Berisha korrupsiya bilan bog‘liq ayblovlar sababli Albaniya adliya organlarining diqqat markazida turibdi. 2021 yilda AQSh unga poraxo‘rlik va noqonuniy boylik orttirishda gumon qilinib sanksiyalar joriy qilgan edi.

Saylovlarning dastlabki natijalari 13 maydan kechiktirmay e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu galgi ovoz berishda ilk bor chet eldagi taxminan 246 ming saylovchi masofadan turib ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 20:13 11.05.2025. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!