❗️Albaniyada ota-onalar bolalarning janjal va zo‘ravonlik holatlarida maktabga pichoq va boshqa xavfli narsalarni olib ketayotganidan xavotirda. Va, ehtimol, ular buni TikTok-da ko‘rgan kontentdan ilhomlantirgan.
⚡️Noyabr oyi o‘rtalarida o‘smir tengdoshi qo‘lida halok bo‘lganidan keyin rasmiylar ta’lim sohasi xodimlari va o‘quvchilarning ota-onalari bilan yuzlab maslahatlashuvlar o‘tkazdi. Qotillikdan avval yuqorida tilga olingan ijtimoiy tarmoqda janjal kelib chiqqani aytilmoqda.
❌Ota-onalar va o‘qituvchilar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bosh vazir Edi Rama TikTok'ga kirish “butunlay va hamma uchun yopilishini” aytdi. Albaniya Respublikasida TikTok bo‘lmaydi.