Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Al-Hilol» «Manchester Yunayted» sardoriga dahshatli maosh taklifini yubordi

«Al-Hilol» «Manchester Yunayted» sardoriga dahshatli maosh taklifini yubordi

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi «Manchester Yunayted» jamoasi sardori va yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni 15 iyundan start oladigan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanguniga qadar o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda. Shu munosabat bilan saudiyaliklar portugaliyalik futbolchiga qaror qabul qilish uchun 72 soat vaqt bergan. Bu haqda Give Me Sport xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Al-Hilol» 30 yoshli futbolchiga haftasiga 700 ming funt maosh va qo‘shimcha bonuslar taklif qilmoqda. Agar Fernandesh ushbu taklifga rozi bo‘lsa, «Al-Hilol» «Manchester Yunayted» klubi bilan uning transferi yuzasidan muzokaralar olib boradi.

Joriy mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 56 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 19 ta golli pas bilan ajralib turdi. Uning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor bahosi 55 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 23:33 23.05.2025. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!