Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Farmonga ko‘ra, Maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.

Maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish imkonini beruvchi xalqaro ta’lim dasturi diplomi (International Baccalaureate) beriladi.

O‘quvchilar bilan individual ishlash tizimi joriy etilib, 1 nafar maslahatchi va pedagogga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativiga mutanosib ravishda 1:15 va 1:8 nisbatlar qo‘llanadi.

Maktabda ta’lim jarayoni variativ o‘quv rejalar asosida amalga oshiriladi hamda o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari kamida yana bitta qo‘shimcha xorijiy tilga o‘qitiladi;

Maktabda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitiladigan o‘quvchilarning umumiy cheklangan soni 180 nafarni tashkil etadi.

O‘quvchilarga ilmiy-tadqiqot va innovasion startap loyihalar hamda boshqa ijtimoiy loyihalar bo‘yicha o‘zining portfoliosini shakllantirishga ko‘mak beriladi.

Kiritildi: 09:37 21.05.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!