Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Akrom Malik "Spark"li bo‘ldi

Akrom Malik "Spark"li bo‘ldi

Bu yil Adiblar xiyoboni ochilishining bir yilligi munosabati bilan ilk bora bakalavr, magistr, doktorantlar o‘rtasida "Ilhom" respublika tanlovi o‘tkazildi. Ijodiy ishlar, adabiy maqolalar tanlovi. Bugun xiyobondagi Alisher Navoiy haykali tagida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Birinchi o‘ringa Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich magistranti Akrom Malik loyiq ko‘rildi. Unga Prezident sovrini — "Spark" avtomobili kaliti topshirildi.
Taqdirlashdan so‘ng Akromni o‘rab olgan jurnalistlar, tasvirchilar, fotomuxbirlarni ko‘rib, Navoiy tavalludining 580 yilligi arafasida bo‘lgan bir voqea esimga tushib ketdi. Shoir tavalludi munosabati bilan respublika telekanallari mendan intervyuga odamlar so‘radi. O‘shanda men boshqa navoiyshunoslar qatori Akrom Malikni ham tavsiya qilgandim. O‘shanda qaysidir telekanalning jurnalisti Akromning qamalib chiqqaniga urg‘u berib: "U taqiqda emasmi?" dedi. Men esa: "Yo‘g‘iy! Yaqinda "Adabiyot ziyosi" gazetasida maqolasi ham chiqdi-ku!", dedim. Ehtimol, bugun o‘sha muxbir qiz Akrom haqida to‘liqib, hayajon bilan reportaj tayyorlayotgandir. Ehtimol, Akromni: "Eng yaxshi ijodkor magistr!" deya og‘zi bol tomib maqtayotgandir. Nima bo‘lganda ham Akrom endi jurnalistlarning miyasidagi ta’qiqdan ham butunlay chiqdi.
Yana bir qiziq tomoni, bugun Akrom tadbirga soqol bilan kelibdi. Kimlargadir og‘irlik qiladigan o‘zbekning soqoli bugun-erta barcha telekanallarga ko‘rk bag‘ishlaydi. Bugun jonli efirlarda ham ketdi.
Ha, Akrom erkin so‘zi uchun eski O‘zbekiston davrida qamalib chiqqan edi, aziz do‘stlar! Ammo yangi O‘zbekiston davrida bilimi, yozgan maqolalari, kitoblari sabab, Prezident taklifi bilan tashkil etilgan tanlovning birinchi o‘riniga loyiq qurildi. Oyning o‘n beshi qorong‘i, o‘n beshi yorug‘, deb shuni aytishsalar kerak-da!
Akrom, mukofot muborak bo‘lsin! Ota-onangizga rahmat! deb yozadi Fozil Farhod.

Kiritildi: 21:54 20.05.2021. O'qildi: 6109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!