Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Akademik liseylarga kirish test natijalari e’lon qilindi

A A A
Akademik liseylarga kirish test natijalari e’lon qilindi

2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik liseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) e’lon qilindi.

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan "Shaxsiy kabinet"ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: O‘quvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik liseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyasiya shikoyatini berish huquqiga ega, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:18 02.08.2024. O'qildi: 1952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!