Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Air Samarkand A321neo samolyotida Samarqand – Jidda yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi reysini amalga oshirdi

A A A
Air Samarkand A321neo samolyotida Samarqand – Jidda yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi reysini amalga oshirdi

30 iyul kuni Air Samarkand A321neo samolyotida Samarqand – Jidda yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi reysini amalga oshirdi.

Samolyot Samarqanddan Jidda 188 nafar yo‘lovchini yetkazib berdi. Aynan ushbu shahardan ziyoratchilar an’anaviy tarzda musulmon olamining muqaddas shaharlari – Makka va Madinaga yo‘l olishadi.

Ta’kidlash joizki, Air Samarkand aviakompaniyasi nafaqat Jiddaga, balki Madinaga ham reyslarni rejalashtirgan — ular 2024 yilning avgust oyida Samarqanddan Airbus A330 samolyotida yo‘lga qo‘yiladi.

Saudiya Arabistoniga yangi reyslardan tashqari, aviakompaniya Airbus A321neo va A330-300 samolyotlarida Istanbul, Sharm al-Shayx va Nyachangga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshiradi.

Kiritildi: 20:40 31.07.2024. O'qildi: 1386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!