Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Air India kompaniyasining samolyoti yonib ketdi

Air India kompaniyasining samolyoti yonib ketdi

Gonkongdan Nyu-Dehliga uchayotgan Air India aviakompaniyasining Airbus A321 samolyoti Hindiston poytaxtidagi Indira Gandi xalqaro aeroportiga qo‘nganidan so‘ng yonib ketdi, yo‘lovchilar xavfsiz evakuasiya qilindi.

Bu haqda aviakompaniya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.

Qo‘ngandan so‘ng, bortdagilar tushishni boshlaganlarida, samolyotning quyruq qismida joylashgan yordamchi quvvat blokida yong‘in sodir bo‘ldi. "Samolyot biroz shikastlangan, biroq yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari odatdagidek tushib ketishgan", — dedi aviatashuvchi.

Xabar qilinishicha, avialayner vaqtinchalik foydalanishdan chiqarilgan.

Kiritildi: 08:00 23.07.2025. O'qildi: 601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!