Bugun 4 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Air Canada samolyoti qo‘nish moslamasining nosozligi tufayli yonib ketdi

Air Canada samolyoti qo‘nish moslamasining nosozligi tufayli yonib ketdi

Kanadaning Sent-Djons shahridan uchayotgan Air Canada samolyoti Galifaks-Stenfild xalqaro aeroportiga qo‘nayotganda yonib ketdi.

G‘arb OAVlari xabar berishicha, bunga qo‘nish moslamasining noto‘g‘ri joylashtirilishi, buning oqibatida samolyotning bir tomoni egilib, uchish-qo‘nish yo‘lagiga urilgani sabab bo‘lgan.

Dahshatga tushgan yo‘lovchilar samolyotning bir qismi uchish-qo‘nish yo‘lagidan 20 graduslik burchak ostida siljiganida yonib ketganiga guvoh bo‘lishdi.

Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Samolyotdagi barcha odamlar zudlik bilan evakuasiya qilingan va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun angarga olib ketilgan.

Kiritildi: 11:52 29.12.2024. O'qildi: 1553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!