Ostonadan Frankfurtga yo‘l olgan Air Astana reysi Aktobeda favqulodda qo‘ndi.
Bu haqda Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Ostona aeroportidan uchib chiqqandan so‘ng, ekipaj dvigatelning ishdan chiqishi sababli favqulodda signal berdi. Ekipaj qo‘nish uchun Aktobedagi muqobil aerodromga yo‘nalishni o‘zgartirishga qaror qildi.
Samolyot bortida 93 yo‘lovchi, jumladan, to‘rtta bola va bitta go‘dak, shuningdek, to‘qqizta ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Qo‘ngandan so‘ng, samolyot perronga yo‘l oldi. Xavfsizlikni ta’minlash uchun aeroport favqulodda xizmatlari va yer usti ekipajlari safarbar qilindi.