Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Air Arabia aviakompaniyasi BAA va Rossiya o‘rtasidagi barcha reyslarni to‘xtatdi

Air Arabia aviakompaniyasi BAA va Rossiya o‘rtasidagi barcha reyslarni to‘xtatdi

BAAning Abu-Dabi, Sharja va Ras al-Xayma shaharlaridan parvozlarni amalga oshiruvchi Air Arabia aviakompaniyasi 20 iyunga qadar BAA va Rossiya o‘rtasidagi barcha reyslarni to‘xtatdi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi, deya xabar beradi TASS.

Shuningdek, aviatashuvchi Iroq va Eronga parvozlarni to‘xtatish qarorini 30 iyungacha uzaytirdi.

Livan va Iordaniyaga muntazam reyslar mos ravishda 18 va 21 iyun kunlari qayta tiklanadi.

Sharja yoki Abu-Dabi orqali bu ikki davlatga yo‘l olgan yo‘lovchilar jo‘nab ketish aeroportida uchishga ruxsat etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli Eron va Iroq o‘z havo hududini yopgan. Shu munosabat bilan Air Astana aviakompaniyasi parvozlar ularning havo hududini chetlab o‘tishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:05 16.06.2025. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!