Ai-80 markali benzindan butunlay voz kechish yo‘nalishida 3 yildan buyon ish olib borilyapti.
Bu haqda "O‘zbekneftgaz" AJ boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari Odil Temirov ma’lum qildi.
Ai-80 markali benzindan butunlay voz kechish yo‘nalishida 3 yildan buyon ish olib borilyapti. Hozirda Xitoy kompaniyasi bilan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizasiya qilish boshlangan.
Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 1 yilda ishlatiladigan Ai-80 benzindan voz kechilsa, bu respublika miqyosida 17 ming tonna uglerod oksidi emissiyalari kamayishiga olib keladi", dedi mutaxassis.
Ayni vaqtda butun dunyoda ekologik nuqtai nazardan Yevro-5, Yevro-6 talablariga mos keladigan Ai-92 va undan yuqori benzin turiga o‘tilgan. Yevro-2 ekologik talablariga muvofiq ishlab chiqarilayotgan Ai-80 avtobenzin yonganda ajralib chiqadigan emissiya normalari, jumladan uglerod oksidi yoki is gazining me’yori avtotransport bosib o‘tadigan 1 kilometr masofa uchun zarar miqdori 2,2 gramm, azot oksidi esa 0,5 grammni tashkil etadi.
Ai-80 markali benzindan voz kechish nafaqat texnikaning ishlash davriyligini cho‘zadi, balki atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.