Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ro‘yxatga olish tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida 14 ta hududiy hamda 208 ta tuman va shahar shtablari tashkil etildi.
Qariyb 60 ming nafar ro‘yxatga oluvchi xodimlar tayyorlandi. Jumladan, 54 ming nafar “mahalla yettiligi” vakillari, 2,6 ming nafar zaxira xodimlar hamda 4 ming nafar hududiy shtab a’zolari jarayonga jalb etildi.
Shuningdek, vazirlik va idoralardan 480 nafar trener, oliy ta’lim muassasalaridan esa 3 200 nafar volontyor o‘quvdan o‘tkazildi.