Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ahmadaliyev Inoue bilan jang haqida: "Eng zo‘ri ekanimni butun dunyoga isbotlayman"

Ahmadaliyev Inoue bilan jang haqida: "Eng zo‘ri ekanimni butun dunyoga isbotlayman"

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev 14 sentyabr kuni Naoya Inouega qarshi bo‘ladigan jang haqida fikrlarini bildirdi.

"Nihoyat Inoue bilan jang qilish imkoniyatini oldim. Bu yerga yetib kelish uchun og‘ir mehnat qildim va jang oqshomi kuni o‘zimning eng yaxshi tomonlarimni ko‘rsataman. Faolyatimdagi eng zo‘r formada bo‘laman.

Men istalgan raqibni "silkita" olaman, kuchimga ishonaman va uni ishga solaman. Inoue ham istisno emas. Vazifam - uni taslim etish va buni uddalash uchun barcha ishni qilaman. Menda eng yuqori darajada raqobatlashish uchun barcha narsa bor.

Eng zo‘ri ekanligimni butun dunyoga isbotlayman. U universal va har jabhada mahoratga ega. Ammo bu menga ham taaluqli. Ring barchasini ko‘rsatadi - bu xech qachon yolg‘on bo‘lmaydi", - dedi Ahmadaliyev.

Kiritildi: 23:24 11.09.2025. O'qildi: 1210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!