Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Ahmad Yassaviyning o‘zbekistonlik va turkiyalik 42-avlodlari Toshkentda ilk bor uchrashdi

Ahmad Yassaviyning o‘zbekistonlik va turkiyalik 42-avlodlari Toshkentda ilk bor uchrashdi

Toshkent shahrida Ahmad Yassaviyning o‘zbekistonlik va turkiyalik 42-avlodlari ilk bor uchrashdi.

Ma’lum qilinishicha, 5—6 dekabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti hamda Turkiy davlatlar geografik kengashi hamkorligida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy konferensiyada Markaziy Osiyodagi ilk tasavvufiy tariqat — Yassaviyaning asoschisi Ahmad Yassaviyning 42-avlodlari o‘zbekistonlik Gulposhsha Ergashxo‘jayeva va turkiyalik Chag‘la Yassaviylar ilk bor uchrashdi.

Shuningdek, ilmiy anjumanda Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining rahbarlaridan biri Shermuhammadbek (arxiv hujjatlari va sovet adabiyotlarida Shermat qo‘rboshi yoki Ko‘rshermat, chap ko‘ziga o‘q tekkanligi uchun shunday nom berishgan) avlodi Usmonbey ham ishtirok etdi.

Kiritildi: 10:14 09.12.2023. O'qildi: 3620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!