Ahmad ash-Sharaa Isroildan Suriyaning bosib olingan hududlarini qaytarishni talab qildi.
Suriya o‘tish davri hukumati prezidenti bu haqda Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
"Xalqaro hamjamiyat Isroilga bosim o‘tkazishi kerak. 1974 yilgi chegaralarga qaytish va Suriya suverenitetini tiklash zarur", — deya ta’kidladi ash-Sharaa.