Bu haqda SANA davlat axborot agentligi xabar berdi.
Yangi hukumat 2012 yilda Bashar Asad davrida qabul qilingan Suriya konstitusiyasini bekor qildi va “Suriya inqilobining g‘alabasi” haqida e’lon qilindi.
Bundan tashqari, Suriya muvaqqat hukumati armiyani va xavfsizlik xizmatlarini tarqatib yubordi. Ularning o‘rniga fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydigan yangi idora tashkil etiladi.
Shuningdek, Bashar Asad boshchiligidagi BAAS partiyasi va “Milliy progressiv front” koalisiyasi faoliyati taqiqlandi. Bu tuzilmalarning boshqa nom ostida qayta tiklanishi taqiqlanadi hamda ularning barcha aktivlari davlat hisobiga o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Ahmad al-Sharaa (shuningdek, Abu Muhammad al-Julani nomi bilan tanilgan) “Hay’at Tahrir ash-Sham” guruhi rahbari bo‘lib, u Bashar Asad rejimiga qarshi kurashga yetakchilik qildi.