Qirg‘izistonda mamlakat hududi orqali AQShdan Rossiyaga 300 dan ortiq o‘qotar qurol yetkazib bergan transmilliy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda mamlakatning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
"Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi AQSH-Qirg‘iziston-Rossiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar va harbiy kiyim-kechaklar noqonuniy savdosi hamda kontrabandasi bilan shug‘ullanuvchi transmilliy guruhning jinoiy faoliyatini aniqladi va unga barham berdi. 2022 yildan buyon ular Qirg‘iziston orqali Rossiyaga 300 dan ortiq o‘qotar qurol o‘tkazishgan, bunda asosiy xaridorlar jinoiy guruh a’zolari bo‘lgan," - deyiladi xabarda.