Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Agrosanoat sohasida yangi bozor mexanizmlari joriy etiladi

A A A
Agrosanoat sohasida yangi bozor mexanizmlari joriy etiladi

“Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlarni barpo qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-151-son, 30.09.2024) qabul qilindi.

⚡️ Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

🔹Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi;

🔹Agentlik huzurida Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi negizida Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi.

🗓 2024 yil 1 oktyabrdan sanoatlashgan yangi intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo etish hamda moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi.

✔️ 2024 yil 1 oktyabrdan yangi bog‘larni barpo etishni Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

1️⃣ bosqichda – yerni ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha miqdorda;

2️⃣ bosqichda – ko‘chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha miqdorda;

3️⃣ bosqichda – sug‘orish tizimlarini o‘rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha miqdorda;

4️⃣ bosqichda – bog‘ hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi miqdorida ajratiladi.

Kiritildi: 10:35 02.10.2024. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!