Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Agrobank islomiy moliyalash bo‘yicha kelishuvga erishdi

A A A
Agrobank islomiy moliyalash bo‘yicha kelishuvga erishdi

"Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankida Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporasiyasi vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Agrobank va Xususiy sektorni Rivojlantirish bo‘yicha Islom korporasiyasi o‘rtasida 10 million AQSh dollari miqdorida islomiy moliyalash liniyasi bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Eng e’tiborli jihati shundaki, ushbu mablag‘lar islom shariati qoidalari asosida tadbirkorlik sub’ektlarining investision loyihalarini moliyalashtirish uchun 5 yil muddatgacha yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirda tomonlar kelgusida qo‘shimcha moliyalash liniyasini jalb qilish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish borasida ham kelishib olishdi.

Endilikda ushbu mablag‘larni olish uchun tadbirkorlik sub’ektlari bank filiallariga murojaat etishlari mumkin.

Manba:muslim.uz

 

 

Kiritildi: 07:47 07.07.2018. O'qildi: 1261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!