Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Agrippina Shin Puchon universiteti rektori etib tayinlandi

A A A
Agrippina Shin Puchon universiteti rektori etib tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Viktor Nam Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori lavozimdan ozod qilindi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Viktor Namning o‘rniga Agrippina Shin tayinlandi.

Qahramon Olimov Toshkentdagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning o‘rniga Viktor Nam tayinlandi.

Eldar Yuldashev Toshkentdagi S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialining direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning o‘rniga Iqbol Meliqo‘ziyev tayinlandi.

Eldor Shermanov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori – rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib, 6 oy sinov muddati bilan tayinlandi.

Kiritildi: 21:28 09.07.2024. O'qildi: 1271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!