"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Urugvaylik futbolchi Kataloniya klubini tark etmoqchi ekani avvalroq xabar qilingandi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, "Barselona" unga yangi shartnoma taklif qilmagani uchun u bilan hisoblashmagan.
O‘z navbatida, "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta Arauxonni jamoada saqlab qolmoqchi ekanligini aytdi. Jurnalist Fernando Pologa ma’lum bo‘lishicha, Arauxoning ishlari bilan shug‘ullanuvchi agentlar futbolchiga "Barselona"dan yangi shartnoma taklifi haqida xabar berishmagan. Taklif bo‘lmagani uchun himoyachi "Yuventus"ga o‘tmoqchi bo‘layotgandi.
Qayd etilishicha, Laporta shaxsan Arauxo bilan gaplashib, vaziyatni to‘liq tushuntirgan. Funksioner urugvaylik futbolchini atrofidagi odamlar bilan ehtiyot bo‘lish haqida ogohlantirgan.