Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Agar sulhga erishish jarayonida taraqqiyot kuzatilmasa, prezident Tramp tinchlikka erishish urinishlarini to‘xtatadi — AQSh Davlat kotibi

Agar sulhga erishish jarayonida taraqqiyot kuzatilmasa, prezident Tramp tinchlikka erishish urinishlarini to‘xtatadi — AQSh Davlat kotibi

"Biz bu tashabbusni haftalar yoki oylar mobaynida davom ettirmoqchi emasmiz. Shuning uchun tezda, ya’ni bir necha kun ichida kelishuvga yaqin haftalarda erishish mumkin yoki yo‘qligiga aniqlik kiritishimiz shart. Agar mumkin bo‘lsa, harakatni davom ettiramiz. Agar yo‘q bo‘lsa, bizda boshqa ustuvor vazifalar bor", — deya fikr bildirdi Marko Rubio Parijda Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvdan so‘ng.

Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida prezidentlikka kelganining birinchi kunidayoq Ukrainadagi urushni tugatishga va’da bergan edi. Biroq u Oq uyga qaytgach, Ukrainada tinchlikka aprel yoki may oylarida erishish mumkinligini bildirgan edi.

Kiritildi: 14:49 18.04.2025. O'qildi: 862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!