Agar Rossiya front chizig‘idan qo‘shinlarini olib chiqsa, Ukraina ham shunday qilishga tayyor — Financial Times.
"Ukraina qo‘shinlarni o‘zaro olib chiqish sharti bilan Donbassda demilitarizasiya qilingan zona yaratishga tayyor, biroq Moskva tomonidan bu tartibning ehtimoliy buzilishi yuz bersa, ittifoqchilardan ishonchli xavfsizlik kafolatlarini olishni talab qilmoqda", deya yozadi nashr manbalariga tayanib.
Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, Zelenskiy bu haqda Tramp bilan uchrashuvi arafasida Yevropa yetakchilariga aytgan.
Shuningdek, Ukraina prezidenti o‘z mamlakati Qurolli kuchlari uchun barqaror moliyalashtirishni ta’minlash, havo hujumidan mudofaa tizimlarini qo‘llab-quvvatlash, Ukrainada Yevropa harbiy ishtirokini yo‘lga qo‘yish hamda Zaporijjya AESni xalqaro nazorat ostiga olishni istaydi.
Nashr manbalariga ko‘ra, Zaporijjya AESda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi o‘rtasida taqsimlanishi ko‘zda tutilmoqda.