Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Tehronni ogohlantirib, agar Eron Isroilga raketa hujumlarini davom ettirsa, eronliklar juda katta yo‘qotishlarga uchrashini aytdi.
"Eronning zolim hukumati o‘z xalqini garovga olgan va ularni, ayniqsa Tehron aholisini, Isroil fuqarolariga yetkazilgan jinoyat darajasidagi zarar uchun juda katta to‘lovga duchor qilmoqda. Agar Xomanaiy Isroilga raketa hujumlarini davom ettirsa, Tehron va butun Eron olov ichida yonadi", — deya ta’kidladi Isroil Mudofaa vazirligi rahbari.