Ukraina prezidenti agar Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni buzganini rasman qayd etmasa, Donald Trampga ishonib bo‘lmasligini bildirdi.
"Agar ruslar har qanday kelishuvni buzsa va Vashington buni tan olib, munosabat bildirsa, demak, hammamiz Qo‘shma Shtatlarga va uning prezidentga ishonamiz. Agar Moskva kelishuvni buzsa-yu, buning uchun hech qanday jazo bo‘lmasa, aksincha, sanksiyalar yumshatilsa, bu ishonch masalasi emas, balki keyin nima qilish kerakligi haqida savol tug‘iladi", — deya ta’kidladi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti Rossiya tomonidan kelishuv buzilgani haqida gapirar ekan, bugun Xerson shahriga qilingan hujumni misol sifatida keltirdi.
Shu bilan birga, Amerika Qo‘shma Shtatlari hozircha Ukraina va Rossiyaning bir-birini ayblashlariga qaramay, energetika ob’ektlariga zarba berish bo‘yicha moratoriy buzilganini tasdiqlamagan.