"Eron AQShdan muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha takliflarni olishda davom etmoqda va agar qo‘yiladigan shartlar oqilona bo‘lsa, urushning oldini olishga umid bor", — dedi Eron oliy rahbarining maslahatchisi Ali Shamxani Al Mayadeen telekanaliga bergan intervyusida.
Shuningdek, Ali Shamxani tomonlar o‘rtasidagi anglashilmovchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng, AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilishi mumkinligini istisno etmadi.
Ali Shamxanining boshqa bayonotlari:
◾️ Eron yadroviy dasturi yuzasidan faqat AQSh bilan muzokara olib borishi mumkin, chunki Yevropa bunday kelishuvga qodir emasligini namoyon qilgan;
◾️ Tehron ma’lum shartlar asosida uranni boyitish darajasini 60 foizdan 20 foizgacha kamaytirishga tayyor;
◾️ Eron hozircha vayronalar ostida qolgan boyitilgan uranni chiqarib olmoqchi emas va uning aniq miqdori bo‘yicha ishonchli ma’lumot ham yo‘q;
◾️ Tehron Vashington bilan ehtimoliy kelishuvga yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini uchinchi davlatlarga olib chiqishni kiritmaydi;
◾️ AQSh tomonidan tajovuz sodir etilgan taqdirda, Isroil hududi Eron uchun qonuniy nishonga aylanadi. Chunki ular “bir butun kuch” sifatida ko‘rilmoqda.