Burkina-Faso bilan chegarada uyushtirilgan hujumda kamida o‘n nigeriyalik askar halok bo‘ldi, 15 nafari yaralandi.
Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri general Salifu Modining bayonotiga tayanib, Agence France-Presse xabar bermoqda.
"Juma kuni Nigerning Burkina-Faso bilan g‘arbiy chegarasi yaqinida jihodchilar tomonidan sodir etilgan qo‘sh hujum natijasida o‘n nafar askar halok bo‘ldi", — deyiladi agentlik xabarida.
Modining so‘zlariga ko‘ra, yana 15 askar yaralangan.