Balandligi 385 metr bo‘lgan Iconic Tower 2022 yilda qurib bitkazilgandan so‘ng Qohira markazidagi ishbilarmonlik mavzesining markaziga aylanadi.
Ushbu inshoot 2015 yilda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy tomonidan boshlangan yirik loyiha – yangi poytaxtning Markaziy biznes mavzesidagi yigirmata minoraning markaziy qismi bo‘ladi.
“Bu Misr uchun osmono‘par binolar va o‘ta baland binolarga ega bo‘lishning yangi davri”, – deydi Dar Al-Handasah tomonidan ishlab chiqilgan Markaziy biznes mavzesi loyihasi menejeri Ahmad al-Banna. 1956 yilda Bayrutda tashkil etilgan Dar Al-Handasah arxitektura firmasining asosiy dizaynerlik markazi Qohirada joylashgan bo‘lib, minora ustida ish 2018 yil may oyida, qurilishi esa 2019 yilda boshlangan. Minora yangi poytaxtning ramziga aylanishi kutilmoqda.
65 000 kvadrat metr maydonda qurilgan Iconic Tower 78 qavatdan va ikkita yerto‘la qavatidan iborat bo‘ladi. Birinchi 40 qavatda ofislar, 10 qavatda xonadonlar, 30 qavatda esa besh yulduzli mehmonxonaning bir qismi joylashadi. 74-qavatda kuzatuv maydonchasi joylashtiriladi.
Ayni paytda Afrikaning eng baland binosi Yoxannesburgdagi (JAR) 234 metrli “Leonardo” majmuasi hisoblanadi.