Afrikada sil kasalligini kalamushlar yordamida aniqlash jarayoni haqida bilarmidingiz?
HeroRAT deb ataluvchi "maxsus o‘qitilgan" kalamushlar bir namunadagi kasallikni hid orqali 3 soniyada topa oladi. Bir kalamush 20 daqiqada 100 ta balg‘am namunasini tekshirishi mumkin.
Aniqlik darajasi taxminan 90% bo‘lib, ko‘p hollarda aynan kalamushlar mikroskop orqali ko‘zdan qochgan holatlarni topishadi.
Xizmatlari uchun bu dumdor mehnatkashlarga banan bilan mukofot berishadi.