Bugun 26 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Afrika qit’asi kutilganidan ancha tezroq bo‘linib ketadi

Afrika qit’asi kutilganidan ancha tezroq bo‘linib ketadi

Afrika qit’asi kutilganidan ancha tezroq bo‘linib ketadi, deydi Kaliforniya universiteti professori Ken MakDonald.

Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, Efiopiya cho‘lidagi taxminan 56,5 kilometr uzunlikdagi yoriq 2005 yilda paydo bo‘lgan, biroq o‘shandan beri yiliga taxminan 1,5 santimetr tezlikda kengaygan.

Mutaxassislarning yangi hisob-kitoblariga ko‘ra, qit’a yaqin bir-besh million yil ichida bo‘linib ketishi mumkin, ilgari bu jarayon o‘n millionlab yillar davom etishi taxmin qilingan edi, deya qo‘shimcha qildi MakDonald.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Hind okeani suvi otilib chiqib, Sharqiy Afrika rift vodiysi hududini suv bosadigan vaziyat yuzaga kelishi mumkin.

MakDonald Afrikaning bo‘linishi yangi qit’a va Atlantika okeanidek chuqur bo‘ladigan okeanning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini qo‘shimcha qildi

Kiritildi: 10:56 24.01.2025. O'qildi: 1379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!